Yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-05-07 17:12:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan Xazorasp stansiyasi qoshida joylashgan 1-son texnikumda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga temir yo‘l transportida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, transport sohasida amaldagi qonunchilik talablari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishalar berildi. Shuningdek, temir yo‘l hududlarida harakatlanish madaniyati, fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


