Inspeksiya yosh xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar
2026-05-04 11:04:00 / Yangiliklar

Inspeksiyaning yosh xodimlari ishtirokida tashkil etilgan o‘quv seminarida yosh mutaxassislarning huquqiy bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, mazkur hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga xizmat intizomiga rioya etish, aholi bilan muloqotda odob-axloq me’yorlariga amal qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda mas’uliyat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ham tushuntirishlar berilib, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhim ekani ta’kidlandi.


