Transport sohasida halollik va qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda
2026-04-24 16:25:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” bo‘limi tomonidan Surxondaryo viloyatida keng qamrovli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar transport sohasida qonunchilikka rioya etilishi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Nazorat jarayonida hududdagi yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, avtovokzallar hamda nazorat punktlari faoliyati o‘rganildi. Haydovchilarning hujjatlari, litsenziya va ruxsatnomalarning mavjudligi tekshirildi.
Shu bilan birga, yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga rioya etish holati ham alohida nazoratga olindi. Ortiqcha yuk ortish, belgilangan me’yorlardan chetga chiqish holatlari aniqlanib, bunday qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Mazkur nazorat tadbirlari transport sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, ochiqlikni kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



