Yoshlar kuni — bilim va tajriba almashuv maydoni
2026-04-13 14:14:00 / Yangiliklar

Andijon davlat texnika instituti Avtomobilsozlik va transport fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbir mazmunan boy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i, “Transport logistikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Avtomobilsozlik va transport fakulteti “Yo‘l harakatini tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuvda yo‘llarda jamoat transporti harakati, transport tarkibi, yo‘l-transport hodisalari, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yoshlar bandligi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbati davomida bugungi kundagi jamoat transporti tarkibi bo‘yicha mavjud holat, yo‘lovchilar bilan ishlash madaniyati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda jamoat transportining o‘rni kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil va amaliy javoblar oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning soha bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularda kasbiy qiziqishni oshirish va yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




