Temuriylar merosi — faxr va ilhom manbai
2026-04-10 17:50:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishishlari, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ilmiy merosni chuqurroq o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Inspeksiya xodimlari Amir Temur va temuriylar davriga oid noyob eksponatlar, tarixiy hujjatlar, maketlar hamda san’at asarlari bilan tanishdilar. Gidlar tomonidan berilgan ma’lumotlar xodimlarda o‘sha davrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida keng tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.
Tashrif davomida xodimlar milliy tariximizga hurmat, ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdi. Ular o‘z faoliyatida mas’uliyat, fidoyilik va halollik kabi fazilatlarni yanada rivojlantirish zarurligini chuqur his etdilar. Zero, tarixni chuqur anglagan insongina bugungi kun vazifalarini mas’uliyat bilan ado etib, kelajak taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi.









