Rasmiy munosabat
2026-04-03 15:32:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat-Asaka, Marhamat-Kulla yo‘nalishidagi transportlarda (Damas) va Marhamat tumani markaziga qatnovchi yo‘nalishli avtobuslarda narxlar sun’iy tarzda oshirilayotgani aytilib, holatga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi so‘ralgan.
Holat yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan reyd va targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Yo‘l haqi narxini asossiz oshirgan, noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha “Ma’muriy bayonnoma” rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Andijon shahridagi yangi avtobuslar (75-yo‘nalish) kechasi validatorlarni o‘chirib, yo‘lovchilarni elektron to‘lovlar orqali yo‘l haqini to‘lash imkoniyatini cheklanayotgani holati yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Haydovchilardan bu kabi harakatlarni takrorlamaslik yuzasidan tushuntirish berildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati



