RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-04-03 14:55:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Navoiy viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i D. Urunov, Navoiy viloyati Transport boshqarmasi mas`ul xodimlar bilan birgalikda Karmana tumani 1-sonli texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan ochiq muloqotda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tashkil etildi.
Uchrashuv davomida transport tizimini rivojlantirish, jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada oshirish, sohaga zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kelgusida malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sohada shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda yosh kadrlarning muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, yangi g‘oya va istiqbolli loyihalarni ilgari surish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




