“Kasbimdan faxrlanaman”
2026-03-31 15:17:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasida o‘tkazilgan ushbu chellenj har bir xodimning o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyon etdi. Bu nafaqat tanlov, balki qalbdan chiqqan e’tirof, o‘z ishiga bo‘lgan sadoqat ifodasiga aylandi.
Chellenj ishtirokchilari o‘z kundalik faoliyati, mas’uliyati va mehnatining jamiyat hayotidagi o‘rnini samimiy va ta’sirchan tarzda yoritib berdilar. Ularning har biri — tizim barqarorligi, xavfsizlik va tartibning ishonchli tayanchidir.
Bu tashabbus orqali kasbga bo‘lgan hurmat, jamoadagi birdamlik va umumiy maqsad sari intilish yanada mustahkamlandi. Chunki har bir kasb — bu shunchaki vazifa emas, bu ishonch, burch va kelajak uchun xizmatdir.
“Kasbimdan faxrlanaman” — chunki biz jamiyat xavfsizligi va farovonligi yo‘lida xizmat qilamiz!



