Yosh xodimlar – sohaning ertangi kuni
2026-03-26 16:38:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yig‘ilishida har payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinishi yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etib, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolariga yechim topishga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan Transport nazorati inspeksiyasida rahbariyat va yosh xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot ruhida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Akbar Usmanov hamda tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning sohadagi o‘rni, ularning tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari muhokama qilindi. A.Usmanov o‘z nutqida yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy malakasini oshirish va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u yosh xodimlarni yanada faol bo‘lishga, mas’uliyat bilan ishlashga hamda sohada olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar rahbariyat tomonidan e’tibor bilan tinglandi. Ularning muammolari va takliflariga yechim topish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.



