Rasmiy munosabat
2026-03-13 17:15:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Transport nazorati inspeksiyasida yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha reglamentni tasdiqlangani va majlislarda respublika bo‘yicha hamma qatnashishi majburiy ekanligi, qatnashmaganlarga intizomiy jazolar qo‘llanilishi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasida yig‘ilishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi reglament normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ijro intizomini mustahkamlash, inspeksiyaga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, xodimlar mas’uliyatini oshirish, shuningdek, majlislarni yagona tizim asosida o‘tkazib, ularning sonini kamaytirib, sifatini oshirishga qaratilgan.
Qolaversa, mazkur reglament faqat inspeksiya xodimlari uchun taalluqli bo‘lib, hujjat tadbirkorlik subyektlari, nazorat ostidagi tashkilotlar yoki boshqa hamkor korxonalarga tatbiq qilinmaydi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati
