Laboratoriya xizmatlarini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş masalalari örganildi
2026-11-04 17:00:00 / Yangiliklar

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi Laboratoriya faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida laboratoriya majmualarini taşkil etiş masalalari örganildi.
Örganişlar davomida fitosanitariya, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi yönalişidagi laboratoriyalarni yagona majmuada joylaştiriş, ularning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş, zamonaviy tahlil usullari va laboratoriya jihozlarini joriy etiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Veterinariya, fitosanitariya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalarining yagona majmuada faoliyat yuritişi tadbirkorlarga bir joyning özida turli yönalişdagi laboratoriya xizmatlaridan foydalaniş imkonini beradi.
Bu mahsulot namunalarini tekşiruvdan ötkaziş jarayonlarini muvofiqlaştiriş, ortiqça vaqt sarfini kamaytiriş, xizmatlar samaradorligini oşiriş va eksportoldi laboratoriya tekşiruvlarini qulay taşkil etişga xizmat qiladi.
Laboratoriya xizmatlarini integratsiyalaş va turli yönalişdagi mutaxassisliklarni yagona tizimda muvofiqlaştiriş tajribasi Singapur, Buyuk Britaniya, Fransiya akbi davlatlarda mavjud. Uşbu mamlakatlar amaliyoti laboratoriya xizmatlarini yagona tizimda muvofiqlaştiriş, ilmiy salohiyatni birlaştiriş va tahlillar işonçliligini oşiriş muhimligini körsatadi.
Laboratoriyalar faoliyatini takomillaştirişda ISO/IEC 17025 xalqaro standarti alohida ahamiyatga ega. Uşbu standart sinov va kalibrlaş laboratoriyalarining texnik vakolatliligi, xolisligi hamda natijalarning işonçliligiga qöyiladigan talablarni belgilaydi.
Şuningdek, Codex Alimentarius xalqaro oziq-ovqat standartlari doirasida mahsulotlar xavfsizligini baholaşda tasdiqlangan tahlil usullari, sifat nazorati va laboratoriya natijalarining aniqligini ta'minlaş muhim hisoblanadi.
Mazkur yönalişdagi işlar mamlakatimizda laboratoriya infratuzilmasini rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligi nazoratini takomillaştiriş va eksport mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoşligini oşirişga qaratilgan.




