Hurmatli fuqarolar va yuridik shaxslar!
2026-09-14 10:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi hamda davlat organlariga elektron murojaatlarni yuborishda pm.gov.uz elektron tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu tizim orqali murojaat yuborishda murojaatchini identifikatsiya qilish uchun zarur ma’lumotlar elektron shaklda kiritiladi va murojaat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Elektron pochta orqali yuborilgan murojaatlarda esa murojaatchining shaxsini aniqlash va murojaatni to‘liq rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan ayrim ma’lumotlar ko‘rsatilmagan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash uchun murojaatchi bilan qayta bog‘lanishga to‘g‘ri keladi. Bu esa murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish jarayoniga qo‘shimcha vaqt talab qiladi.
Murojaat yuborish tartibini eslatib o‘tamiz:
-
pm.gov.uz saytiga kiring;
2. elektron murojaat yuborish bo‘limiga o‘ting;
3. talab etilgan ma’lumotlarni to‘liq va aniq kiriting;
4. murojaat mazmunini bayon qiling va zarur hujjatlarni ilova qiling;
5. murojaatni elektron shaklda yuboring.
Murojaatingizni pm.gov.uz tizimi orqali yuborish zarur ma’lumotlarni to‘liq taqdim etish, murojaatni to‘g‘ri rasmiylashtirish va uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
