Davlat chegarasidan oʻtishda oʻsimliklar karantini qoidalariga rioya qiling!
2026-09-11 15:55:00 / Yangiliklar

Davlat chegarasidan oʻtishda oʻsimliklar karantini qoidalariga rioya qiling!
Davlat chegarasi orqali ekish materiallari (urugʻlar, koʻchatlar, qalamchalar, piyozboshlar va h.k), meva-sabzavotlar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini olib oʻtishda belgilangan fitosanitariya va karantin talablari belgilangan.
Mazkur choralar mamlakatimiz hududini xavfli zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va karantin begona oʻtlarining kirib kelishi va tarqalishini oldiin olishga qaratilgan.
Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishda:
tegishli hollarda karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlishi;
eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan fitosanitar sertifikat yoki guvohnoma rasmiylashtirilgan boʻlishi;
olib kirilayotgan mahsulot davlat chegara punktlarida fitosanitar nazoratdan oʻtkazilishi lozim.
Fitosanitar nazoratdan oʻtkazilmagan yoki olib kirilishi taqiqlangan karantin nazoratidagi mahsulotlarni davlat chegarasi orqali olib kirish taqiqlanadi.
Jumladan, bagaj yoki qoʻl yukida olib kirish yoki tranzit qilish taqiqlangan karantin nazoratidagi mahsulotlar aniqlansa, ular belgilangan tartibda olib qoʻyilishi va zarur hollarda zararsizlantirilishi yoki yoʻq qilinishi mumkin.
DIQQAT! Agar davlat chegarasi orqali oʻsimliklar, koʻchatlar, urugʻlar yoki boshqa oʻsimlik mahsulotlarini olib oʻtayotgan boʻlsangiz, tegishli chegara oʻtkazish punktlaridagi oʻsimliklar karantini davlat inspektoriga murojaat qiling.
Oʻsimliklar karantini talablariga rioya qilish — mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini xavfli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, hosildorlikni saqlash hamda fitosanitar xavfsizlikni ta'minlashning muhim shartidir.




