“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi
2024-11-13 09:10:00 / Yangiliklar
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi.
Yuqoridagi infografikalar orqali to’liq ro'yxat bilan tanishish mumkin.
📌Eslatib o'tamiz, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yilning dekabr oyidan boshlab kuchga kiradi.