Asosiy kontentga o'tish

Malayziya telekanallarida O‘zbekiston turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda

2025-03-28 18:05:00 / Yangiliklar

Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish va Malayziyadan turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida, Malayziya “Radio Televisyen Malaysia” (RTM) davlat teleradiokompaniyasi ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilingan edi.

Mazkur tashrif doirasida RTM ijodiy guruhi tomonidan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida mamlakatimizning tarixiy obidalari va ziyoratgohlari, hunarmandchiligi hamda ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmning suratga olish ishlari amalga oshirildi.

Ramazon oyi munosabati bilan RTM teleradiokompaniyasi “Syahadah” maxsus dasturi doirasida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, shuningdek dekorativ-amaliy san’at va hunarmandlikka daxldor noyob an’analarni ochib beradigan 10 qismli hujjatli filmni namoyish eta boshladi.

Ayni jarayonda xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga yordam beradigan zamonaviy sayyohlik va transport infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratilgan. Loyiha O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi sifatidagi imijini mustahkamlash, mamlakatda sayyohlik oqimini kuchaytirishga xizmat qiladi.

117

Oxirgi yangilanish: 2025-03-29 20:46:18

Malayziya telekanallarida O‘zbekiston turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda