Asosiy kontentga o'tish

Samarqandda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi

2025-03-28 16:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 28-mart kuni Samarqand shahar Registon maydonida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Ichki turizm yarmarkasini yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 200 ga yaqin respublikamizda faoliyat yurituvchi yetakchi turistik kompaniyalar, joylashtirish vositalari hamda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, 2500 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, turistik korxonalar hamda joylashtirish vositalarining imkoniyatlarini namoyish etuvchi taqdimotlar o‘tkazildi. Soha vakillari o‘rtasida B2B (tadbirkor-tadbirkor) va B2C (tadbirkor-mijoz) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkil etilib, tajriba almashish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida yarmarkada faol qatnashgan ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

151

Oxirgi yangilanish: 2025-03-28 16:29:37

Samarqandda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Ichki turizm yarmarkasi o‘tkazildi