Aziz vatandoshlar! Qadrli kino san’ati vakillari!
2026-10-21 11:30:00 / Yangiliklar

Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman!
Milliy kinematografiya ham ona tilimizning imkoniyatlarini keng namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni asrash va ularni kelajak avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ekran orqali yangragan har bir so‘z, qahramonlar nutqi va dialoglarning tabiiyligi filmning badiiy ta’sirini belgilovchi muhim omillardandir.
Shu bois milliy filmlarimizda o‘zbek tilining sofligi, ravonligi va ifoda imkoniyatlarini asrash, yosh avlodda ona tiliga hurmat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash barchamizning mas’uliyatli vazifamizdir.
Ona tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori
Jahongir Ahmedov
