Kinematografiya agentligida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi
2026-10-15 11:00:00 / Yangiliklar

“21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Kinematografiya agentligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida “Ommaviy diktant” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, til savodxonligini oshirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bo‘yicha bilimlarini yanada takomillashtirishdan iborat.




