“Jamiyatni illatlardan asraylik!” mavzusida tadbir o‘tkazildi
2026-09-23 19:00:00 / Yangiliklar

Bugun Kinematografiya agentligi hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Jamiyatni illatlardan asraylik!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan jamiyatda uchrashi mumkin bo‘lgan turli illatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida zarur tavsiyalar berildi.





