"OLTIN MINBAR"DAN MAXSUS MUKOFOT
2026-09-14 09:25:00 / Yangiliklar

2026-yil 4–8-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan XXII Qozon xalqaro “Oltin Minbar” kinofestivalida O‘zbekiston va Tatariston Respublikasi kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Shahobiddin Marjoniy” badiiy filmi festivalning "Kino san'atidagi ma'naviyat uchun" nomli maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Mazkur film rejissyorlari Ilhom Muhammadibragimov va Ramil Tuxvatullin, bosh rol ijrochisi Bulat Gataullin, operator Umid Malikov, prodyuser Abdurauf Jo‘rayev.
Kinematografiya sohasi vakillarini mazkur yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz hamda ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
