Shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi
2026-09-04 19:05:00 / Yangiliklar

Bugun Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedovning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida “ART Zamon” kinostudiyasi direktori Jamoliddin Qo‘ziboyev, “Osmondagi qiz” filmi ijodkori Anvar Madraimov, “Conglomerat Studio” rahbari Aziz Kuliyev, “Cinemarvel.uz” sayti asoschisi Alisher Axtamov hamda “Tik qadam” loyihasi muallifi Lola Yo‘ldoshevaning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan Agentlikning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.






