YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR
2026-09-02 10:20:00 / Yangiliklar

Bugun Mirobod tumanidagi 328-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi oldidan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga o‘qib eshittirildi. Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Yangi o‘quv yili oldidan maktab o‘quvchilarining bayram dasturi namoyish etildi.
Jahongir Ahmedov sharafli kasb egalari — ustozlar va o‘quvchi-yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.









