O‘zbekiston–AQSH: bolalar kontenti sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
2026-08-06 15:02:00 / Yangiliklar

AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik hamda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yo‘ldoshev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Muloqot davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi:
🔹 o‘zbekistonlik yoshlar va soha mutaxassislarini animatsiya, kinematografiya, ssenariynavislik, vizual effektlar, aktyorlik hamda boshqa kreativ yo‘nalishlardagi xalqaro ta’lim dasturlariga jalb etish;
🔹 amerikalik yetakchi rejissyor, musiqiy prodyuser va ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda master-klasslar, seminarlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
🔹 Fulbright hamda boshqa akademik almashinuv dasturlari doirasida soha mutaxassislarining ishtirokini kengaytirish;
🔹o‘zbekistonlik bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatuvchi zamonaviy ta’limiy kontentlar yaratish va ularni milliy mediamaydonda ommalashtirish.
💫 Muloqot yakunida elchi Jonatan Henik bolalar kontentini rivojlantirish borasidagi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.



