Yosh kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot
2026-08-04 22:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Axmedov kino olamida endigina ijodiy faoliyatini boshlayotgan yosh kinorejissorlar, ssenaristlar hamda VGIK talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan uchrashuvda yosh ijodkorlarning tashabbuslari, takliflari hamda sohada duch kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.









