Kinematografiya agentligi tizimidagi o‘rganishlarning dastlabki xulosalari ko‘rib chiqildi.
2026-08-04 13:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov rahbarligida Kinematografiya agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan kompleks o‘rganish ishlarining borishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda agentlik boshqarma va bo‘limlari faoliyati bo‘yicha tinglangan hisobotlarning birlamchi xulosalari, shuningdek, tizim tashkilotlarida olib borilayotgan o‘rganishlarning dastlabki natijalari tanqidiy tahlil qilindi. Mas’ullarning takliflari tinglandi.
Qisqa kunlarda Kinematografiya agentligi rahbarining kinoijodkorlar bilan uchrashuvi tashkil etiladi.









