Rossiya Federatsiyasining Pskov shahrida bo‘lib o‘tgan VII Xalqaro «G‘arbiy darvozalar» kinofestivalida.
2026-07-29 18:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sagdullayev Rossiya Federatsiyasining Pskov shahrida bo‘lib o‘tgan VII Xalqaro «G‘arbiy darvozalar» kinofestivalida «Kinodagi hayot» faxriy mukofoti bilan taqdirlandi.
⚡️ Mazkur festival doirasida Rustam Sagdullayev xalqaro tanlov hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ham faoliyat yuritdi.
Ushbu yuksak e’tirof ustoz san’atkorning ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati, milliy kino san’atini rivojlantirish hamda uning xalqaro nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi munosib xizmatlarining yana bir e’tirofidir.
⭐️ Kinematografiya agentligi Rustam Sagdullayevni ushbu yuksak xalqaro e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi yutuq va zafarlar tilaydi.
