DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
2026-07-13 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan “DREAM HOUSE-KOKAND LAND” MChJ tomonidan Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi 2a-uyda joylashgan obyekt hududida davlat-xususiy sheriklik asosida retrokinozal, kinoaktyor uyi, kinofond uchun ofis va filmlar saqlash (server) xonasi hamda boshqa turli tijorat xizmatlariga moslashgan koʻp funksiyali kompleksni qurish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. https://gov.uz/oz/imv/news/view/190979
