DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
2026-07-13 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan “TRADE FOR GOODS AAA” MChJ tomonidan Toshkent shahar “Beshyogʻoch” MFY, Beshyogʻoch 1-berk koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan obyektda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh kinoijodkorlarning filmlar suratga olish pavilyoni, yoshlar studiyasi uchun ofis va ijod xonalari, zamonaviy kinozal hamda boshqa tijorat xizmatlariga moslashgan koʻp funksiyali kompleksni qurish va boshqarish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. https://gov.uz/oz/imv/news/view/190988
