O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida 2026-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun eʼlon qilingan ijodiy tanlov natijalari.
2026-06-10 12:00:00 / Yangiliklar
📊 Eʼlon qilingan 5 ta mavzu yoʻnalishidagi kinoloyihalarga studiyalardan 54 ta murojaat kelib tushdi.
📈 Tanlov komissiyasi – Badiiy kengash qaroriga koʻra, quyidagi loyihalar gʻolib teb topildi:
I. “Suv resurslari sohasida fidoyi mehnat qilayotganlar, ayniqsa, ayollarning sohaga qo‘shgan bunyodkorlik hissasi haqida hujjatli film yaratish” yoʻnalishida:
Hujjatli film:
1. “Chashma” h/f – “Dilshoh media” MChJ;
2. “Tomchi” h/f – “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
Zaxiraga olingan kinoloyihalar:
1. “Hayot tomchilari” b/f – “Favorite cinema” MChJ.
II. “Ipak yo‘li” davlat muzeyi uchun multimedia mahsulotlari, VR, immersiv videoroliklar va hujjatli filmlar yaratish” yoʻnalishida:
Videorolik:
1. “Ipak yoʻli” v/r – “Brothers Partners Ship” MChJ.
Hujjatli film:
1. “Oxirgi karvon” h/f – “Art zamon media” MChJ.
III. “Xalqaro e’tirof va nufuzli adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan mahalliy yozuvchilarning badiiy yetuk asarlari asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi, o‘zaro mehr-oqibat va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan, oila va mahalla institutining jamiyatdagi muhim o‘rnini ta’sirchan uslublarda ko‘rsatuvchi, o‘tganlar xotirasini qadrlash tuygʻusini tarbiyalashga xizmat qiladigan badiiy filmlar yaratish” yoʻnalishida:
Badiiy film:
- “Qoʻrqma” b/f – “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ;
- “Dunyoning ishlari” b/f – “Yagona cinema” MChJ;
- “Lift” b/f – “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DM;
- “Xushvaqt” b/f – “Qizilqum cinema” MChJ;
- “Begona” b/f – “Fan Ent Cinema” MChJ.
Toʻliq metrajli badiiy-animatsion film:
- “Mehr va Suhayl” b-a/f – “Astir animation studio” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
- “Koʻl qaʼridan qaytgan muhabbat” b/f – “Art-Creator” MChJ;
- “Dahshat” b/f – “For eternal cinema” MChJ;
- “Oʻlmas qoyalar” b/f – “Guli navo rekords” MChJ.
IV. “Harbiy xizmat davomida nogironlikni orttirgan hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarining natijasida jamiyatda o‘z o‘rnini topgan qahramonlar haqida badiiy filmlar yaratish” yoʻnalishida:
Badiiy film:
- “Leytenant Nodirova” b/f – “Liger Cinema Bohar Gavbur” XK;
- “Balandlik” b/f – “Fan entertainment cinema” MChJ;
- “Bogʻ” b/f – “Art films makers” MChJ;
- “Yashil beretli burgutlar” b/f – “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DM.
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
- “Rembo” b/f – “Brothers Partners Ship” MChJ;
- “Tik qadam” b/f – “Infinity look production” MChJ;
- “Murabbiy” b/f – “QD films” MChJ;
- “Qudrat” b/f – “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
V. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratib berilgan imtiyozlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishini o‘zida aks ettiruvchi videoroliklar tayyorlash” yoʻnalishida:
Videorolik:
1. “Nur” v/r – “Favorite cinema” MChJ.
