✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida 2026-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun eʼlon qilingan ijodiy tanlov natijalari.
2026-05-22 17:00:00 / Yangiliklar
📊 Eʼlon qilingan 9 ta mavzu yoʻnalishidagi kinoloyihalarga studiyalardan 98 ta murojaat kelib tushdi.
📈 Tanlov komissiyasi – Badiiy kengash qaroriga koʻra, quyidagi loyihalar gʻolib teb topildi:
I. “Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish, zamonaviy kontent yaratish hamda yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida kam budjetli (1.0 mlrd so‘mgacha) badiiy film va (100 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moliyalashtiriladigan) qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film loyihalari” yoʻnalishida:
Badiiy film:
1. “Qaytish” b/f — “By films” MChJ;
2. “Oʻlmasxon” b/f — “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ;
3. “Green card” b/f — “Bro agency” MChJ;
4. “Ota” b/f — “Your films entertainment” MChJ;
5. “Asira” b/f — “Lons Gate Pictures” MChJ;
6. “Oʻqituvchi boʻlmayman” b/f — “Art films makers” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyihalar:
1. “Koinot chegarasi” b/f — “Art zamon media” MChJ
2. “Tursunali polvon” b/f — “Brothers Partner Ship” MChJ
3. “Endi yosh bola emasman” b/f — “Kinematografiya Sirdaryo” MChJ
Qisqa metrajli film:
1. “Uch soya” q-m/f — “Art films makers” MChJ;
2. “Maymun yetaklagan odam” q-m/f — “Cinekino production” MChJ;
3. “Tushun” q-m/f — “Your films entertainment” MChJ;
4. “Choy quti” q-m/f — “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ;
5. “Robiya” q-m/f — “Zodiac” MChJ;
6. “Yangi O‘zbekiston” q-m/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
7. “Ota makonim” q-m/f — “Doniyor Shokirov” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyihalar:
1. “Payvandchi” q-m/f — “Xuroson animation” MChJ;
2. “Quyosh kulgan kun” q-m/f — “Fan entertainment” MChJ.
II. “Aholining turli qatlamlari uchun ekologik mavzularda va “yashil iste’mol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilish, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi badiiy va multiplikatsion filmlar loyihalari” yoʻnalishida:
Badiiy film:
1. “Tog‘ odami” b/f — “Real bars media” MChJ;
2. “Aks-sado” b/f — “O‘zbekfilm” kinokonserni” DM;
3. “Musaffo tuyg‘ular” b/f — “Fox music cinema” MChJ;
4. “Orol va qayiq” b/f — “For eternal cinema” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyihalar:
1. “Mavhum kelajak” b/f — “Art zamon media” MChJ;
2. “Nafas” b/f — “My films” MChJ.
Animatsion film:
1. “Chiqindi uyimi” a/f — “O‘zbekiston Animatsiya Studiyalari Assotsiatsiyasi” NNT;
2. “Shifo topsin tabiat” a/f — “Astir animation” MChJ;
3. “Sof yurt” a/f — “Imperiya film” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyihalar:
1. “Bog‘” a/f — “Xuroson animation” MChJ;
2. “Quvvat” a/f — “Futurist media group” MChJ;
3. “Mitta” a/f — “Lons gate pictures” MChJ.
III. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida uzoq yillar davomida rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan, hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan davlat arbobi Qallibek Kamalovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yorituvchi hujjatli film loyihalari” yoʻnalishida:
Hujjatli film:
1. “Qoraqalpoq boyteragi” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
IV. “XII-XIII asrlarda yashagan buyuk alloma Najmiddin Kubroning boy ma’naviy merosi, tasavvuf ta’limoti va insoniy kamolot g‘oyalarini keng yoritishga qaratilgan, shuningdek, uning hayoti, ilmiy-falsafiy qarashlari va tarixiy ahamiyatini, shu bilan birga, o‘zbek va turkman xalqlari uchun mushtarak bo‘lgan ma’naviy meros hamda tarixiy bog‘liqlik masalalarini chuqur yoritishni nazarda tutuvchi badiiy-publitsistik film loyihalari (Tanlovdan saralab olingan loyiha Turkmaniston Respublikasi tomonidan belgilangan ijodiy jamoa bilan kelishilgandan so‘ng, film ishlab chiqarishga tushiriladi)” yoʻnalishida:
Badiiy-publitsistik film:
1. “Shayx Najmiddin Kubro” b-p/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
1. “Najmiddin Kubro” b-p/f — “Imperiya film” MChJ.
V. “Sud hukmi bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film loyihalari” yoʻnalishida:
Qisqa metrajli film:
1. “Ilm ulashgan mahkum” q-m/f — “Qizilqum cinema” MChJ;
2. “Ikkinchi imkon” q-m/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
1. “Singan qalam: panjara ortida qolgan orzular” q-m/f — “BMB media markazi” MChJ.
VI. “O‘zbek milliy kinosining yorqin yulduzi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, afsonaviy aktrisa Yulduz Rizayeva hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film loyihalari;
O‘zbekistonning iste’dodli san’atkorlari va xalq orasida keng tanilgan ustozlari – xalq artistlari Farrux Zokirov, Erkin Komilov, Saidkomil Umarov, Gulchehra Jamilova, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono (Danisiya) Boboxonova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi O‘lmas Alixo‘jayevning hayoti va ijodiy faoliyatini yorituvchi hujjatli film loyihalari” yoʻnalishida:
Hujjatli film:
1. “Oʻlmas yurak harorati” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
2. “Komil Erkin” h/f — “Art films makers” MChJ;
3. “Dono Boboxonova. Hayot timsoli” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
4. “Yulduz Rizayeva” (Zuhro yulduzining shuʼlasi) h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
5. “Saidkomil Umarov. Komillik sari yoʻl” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
6. “Oʻzbegim kumushi” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
7. “Yalla – madaniy koʻprik” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM.
VII. “Bolalar haqidagi turli-tuman mavzular yo‘nalishida qisqa metrajli filmlardan iborat “Zumrasha” bolalar hajviy-kinojurnali loyihalar” yoʻnalishida:
Kinojurnal:
1. “Zumrasha” k/j — “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ.
VIII. “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlab yaratiladigan #MustaqilOʻzbekiston xeshtegi ostida qisqa metrajli (badiiy va hujjatli) film va videorolik loyihalari” yoʻnalishida:
Qisqa metrajli film:
1. “Mustaqillik” q-m/f — “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ.
Videorolik:
1. “Mustaqil Oʻzbekiston 35 yoshda” v/r — “Creative community” MChJ.
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
1. “Mustaqillik” v/r — “Yoshlik” kinostudiyasi” MChJ.
IX. “35 yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida Mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli film loyihalari” yoʻnalishida:
Turkum hujjatli film:
1. “Men koʻrgan Oʻzbekiston” h/f — “Oʻzbekiston milliy kinofondi” DM;
2. “Yangi Oʻzbekiston. Ozodlik shukuhi” h/f — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DM;
Zaxiraga olingan kinoloyiha:
1. “Poydevor 35” h/f — “Imperiya film” MChJ.
