Hurmatli kinoijodkorlar va kino san’ati ixlosmandlari!
2026-06-03 00:00:00 / Yangiliklar

Sizlarni 2026-yil 12-mart kuni soat 10:00 da “Renessans” kino uyida bo‘lib o‘tadigan “2025-yilda tarixiy va zamonaviy milliy kino talqinlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
Anjuman davomida:
Kinematografiya agentligi tomonidan 2025-yilda “Tirik tarix” dasturi doirasida hamda davlat buyurtmasi asosida yaratilgan kinomahsulotlar kinoshunoslar tomonidan ilmiy tahlil qilinadi.
Filmlar yuzasidan ochiq muloqot va muhokamalar tashkil etiladi.
Mazkur anjuman milliy kinematografiyamizda yaratilgan tarixiy va zamonaviy filmlarning badiiy, ilmiy va ijodiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, mutaxassislar va kino ixlosmandlari o‘rtasida fikr almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Manzil: “Renessans” kino uyi
Sana: 2026-yil 12-mart
Vaqt: 10:00
