"Qadam. Quyosh bolasi Yusuf" qisqa metrajli filmi.
2026-03-03 17:00:00 / Yangiliklar
"Qadam. Quyosh bolasi Yusuf" qisqa metrajli filmi Fransiyaning Kann shahrida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "ENTR'2 MARCHES xalqaro kinofestivali" doirasidagi "ENTRE DEUX CANNES xalqaro inklyuziv kinofestivali" ga qabul qilindi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasi binoan "Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissorlar Dilshod Usmonov va Suhrob Qodirovlarning "Qadam. Quyosh bolasi Yusuf" qisqa metrajli filmi nogironligi bor insonlar hayotini kino orqali ko‘rsatish, jamiyatning ularga bo‘lgan qarashini o‘zgartirish hamda kino orqali ijtimoiy muammolarni muhokama qilishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.