SAYYOR QABUL: MUAMMO VA YeCHIM
2025-10-13 13:10:00 / Yangiliklar
SAYYOR QABUL: MUAMMO VA YeCHIM
🔰 “Xalq qabulxonasi”da fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Uychi tumani hokimi Shuhrat Musayevning Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, ishtirok etdilar. Qabul davomida bandlik, moddiy yordam, uy-joy ta’miri, sog‘likni tiklash, tadbirkorlik, kommunali soha, elektr va yana bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan qabulda fuqarolarning masalalari joyning o‘zida o‘rganilib, hal etish uchun mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
O‘z navbatida o‘rganish va sinchiklab tekshirishni nazarda tutuvchi holatlar mavjud bo‘lgan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.










