SOHA FIDOYILARI E’ZOZDA
2025-10-01 08:25:00 / Yangiliklar
Uychi tumanidagi 1-son politexnikumi jamoasi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ni shodu xurramlikda nishonladi.
Tuman hokimining o‘rinbosari A.Muminov, politexnikum direktori A.Gʻaniyev barchani bayram bilan samimiy tabriklashdi.
Ko‘p yillardan buyon ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bo‘lim boshlig‘i Muyassar Jakbarova hamda maxsus fan o‘qituvchisi Mansurjon Abduxalilovlarga “Professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
“Artist” loyihasi ishtirokchisi Yahyobek Gʻaniyev hamda Sherzodbek Malikov ijrosidagi qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.










