PAXTAZOR YULDUZLARI
2025-09-27 09:25:00 / Yangiliklar
Uychi tumani paxtazorlarida yig‘im-terim uyushqoqlikda davom etmoqda.
Tumandagi don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy tajriba stansiyasi paxtazorlarida bugun katta hashar uyushtirildi.
Viloyat Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T.Ismatillayev, tuman hokimining o‘rinbosari S.Ahmadaliyeva terim ilg‘orlarini qutlab, viloyat hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulanib, terimchilarga xush kayfiyat ulashildi.










