MAHALLA RAISLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR BOSHLANDI
2025-06-09 21:25:00 / Yangiliklar
MAHALLA RAISLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR BOSHLANDI
Belgilangan reja-grafikka asosan yangi muddatda saylangan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari uchun barcha hududlarda o‘quv-seminar tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Uychi tumanidagi 10-maktabda ham mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Namangan viloyati hokimligi huzuridagi mahalla xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi direktori R.Egamberdiyev seminardan ko‘zlangan maqsad haqida tushuncha berib o‘tdi. Shundan so‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshlig‘i E.Yunusovaning “Mahalla raislarining aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi vazifalari”mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
O‘quv-seminarda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i H.Ahmedov ishtirok etdi.










