OROMGOH BOLALARNI CHORLAYDI
2025-06-04 15:00:00 / Yangiliklar
OROMGOH BOLALARNI CHORLAYDI
Uychi tumanidagi "Umid nihollari" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida navbatdagi yozgi mavsum oldidan jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Oromgoh rahbari Nodira Mirzayeva oromgoh hududida tozalik va ozodalikni ta’minlash, bolalarga mehribon va e’tiborli munosabatda bo‘lish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, sog‘lom ovqatlanish va gigiyena talablarini bajarish, madaniy va sport tadbirlariga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.





