TABIATGA MEHR BOLALIKDAN UYGʻONADI
2025-06-04 10:15:00 / Yangiliklar
TABIATGA MEHR BOLALIKDAN UYGʻONADI
Jajji qalblarda ona tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni uyg‘otishda ta’lim-tarbiya katta ahamiyatga ega.
Uychi tumanidagi 2-sonli DMTTda bunga alohida e’tibor qaratilgan. Viloyat Kengashi deputati, jonkuyar rahbar Naimaxon Imamova boshchiligidagi jamoa ezgu maqsad yo‘lida mehnat qilmoqda. “Ekologik ta’lim – kelajakka qadam” mavzusida o‘tkazilgan seminar ham ayni shu maqsadda tashkil qilindi.
Besh tashabbus doirasida bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilishi, kasb-hunarga yo‘naltirish, ekologik burchak, ekologik ta’lim bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘llanma viloyat Kengashi deputatlari T.Ismatillayev, F.Husanova, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi raisining o‘rinbosari F.Isoqov, partiyaning tuman tashkiloti raisi B.Ataxanovlar tomonidan e’tirof etildi.










