MAVSUMNI BETALAFOT O‘TKAZAYLIK
2025-05-30 13:50:00 / Yangiliklar
#ғалла-2025
MAVSUMNI BETALAFOT O‘TKAZAYLIK
Uychi tumanida joriy yilda 6385 gektar maydonda g‘alla parvarishlandi. Yetishtirilgan hosilni tez va sifatli yig‘ishtirib olish uchun 23 ta otryadga 23 ta o‘rim kombayni biriktirildi, ko‘chma uylar tashkil etildi. Yana bir necha kunlardan so‘ng o‘rim-yig‘imga kirishiladi.
Tuman markaziy MMTPda o‘tkazilgan seminar-yig‘ilishda mavsumoldi ishlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari Anvarjon Hakimov, tuman hokimi Shuhrat Musayev, viloyat prokuraturasi va IIB vakillari ishtirok etib, mavsumni talafotlarsiz o‘tkazish, har bir mas’ul shaxs o‘z vazifasini sidqidildan bajarishga tayyorlanishi ta’kidlab o‘tildi. Don tashish transport vositalarining to‘liq yig‘ilganligi, zaxira ehtiyot qismlar yaratilganligi, don to‘kilishining oldini olish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilganligi, don tashish transport vositalariga begilangan tartib bo‘yicha raqamlar o‘rnatilganligi, haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi kabi masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli topshiriqlar berildi.










