20 maydan 20 iyunga qadar "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi"
2025-05-29 17:35:00 / Yangiliklar
20 maydan 20 iyunga qadar "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi"
"HET" AJ Namangan hududiy filialining shahar, tuman e’lektr ta’minoti, barcha xizmat va bo‘limlarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va jarohatlanish darajasini pasaytirish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ning 2025 yil 19 maydagi tegishli buyrug‘iga asosan 20 maydan 20 iyunga qadar "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi" o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘quv-mashqi o‘tkazildi. Unda "HET" AJ Namangan hududiy filiali mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i K.Ziyoviddinov qatnashib, tegishli tavsiyalarni berdi.










