MAHALLA SERVIS KOMPANIYASIGA YANGI BINO
2025-05-13 17:05:00 / Yangiliklar
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASIGA YANGI BINO
Mahallalar obodligini ta’minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlari joriy qilinib, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘tgan yili “Pastguzar” MFYda “Uychi tuman mahalla servis kompaniyasi” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. MSK (mahalla servis kompaniyasi) tomonidan aholiga 23 turdagi xizmat ko‘rsatish uchun 67 265 500 so‘m mablag‘ evaziga 12 turdagi asbob-uskuna olib kelindi. Hozirda ushbu jamiyatda 8 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan 300 million so‘m mablag‘ evaziga MSKga zamonaviy ko‘rinishdagi bino qurib bitkazildi.
Bugun mazkur bino foydalanishga topshirildi. Unda tuman hokimi Sh.Musayev, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i I.Ikramov, nuroniylar vakillari qatnashdilar.
Kelgusida barcha mahallalarda ham shu kabi MSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Uychi tumani hokimligi Axborot xizmati










