Uychi tumanida joriy yilda 6385 gektar maydonda g‘alla yetishtirilmoqda. Hozirgi kunda g‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi uchinchi oziqlantirish (gektariga 250 kg.dan), 5196 gektar maydonda bahorgi ikkinchi sug‘orish ishlari olib borilmoqda.
2025-04-26 13:30:00 / Yangiliklar
Uychi tumanida joriy yilda 6385 gektar maydonda g‘alla yetishtirilmoqda. Hozirgi kunda g‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi uchinchi oziqlantirish (gektariga 250 kg.dan), 5196 gektar maydonda bahorgi ikkinchi sug‘orish ishlari olib borilmoqda.
208 ta fermer xo‘jaligida 4548 gektar maydonda paxta yetishtiriladi. Shundan 3252 gektar maydondagisi xorijiy chigit urug‘idir. Bugungi kun holatiga 4108 gektar maydonda chigit unib chiqdi. 1309 gektar maydonda qator orasiga birinchi ishlov berildi.
Bundan tashqari, tumandagi mavjud fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi 40,46 gektar maydonga 34 ming 96 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, parvarishlanmoqda. Ularga karantin inspektorlari biriktirilib, ko‘chatlar holati nazorat qilinmoqda.
Fermer xo‘jaliklarida 3970 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Shundan 265 qutisi 1-yosh, 2320 qutisi 2-yosh, 1385 qutisi 3-yoshda.
Tumandagi “Barnogul ziyo fayz”, “Ergashboy ota” fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za va ipak qurti parvarishi o‘rganildi. Respublika ishchi guruhi vakili, Respublika fermerlar kengashi bo‘limi boshlig‘i B. Mirzamova, Respublika fermerlar kengashi rayosat a’zosi R.Qoriyeva, tuman fermerlar kengashi raisi B. Normirzayevlar mehnatkash suvchi, ilg‘or mexanizator va namunali pillakorlarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.







