Paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida 2025 yil hosil uchun puxta zamin yaratish maqsadida g‘alla va paxta parvarishidagi muhim agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘tkazish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan viloyat ishchi gu
2025-04-21 16:30:00 / Yangiliklar
Paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida 2025 yil hosil uchun puxta zamin yaratish maqsadida g‘alla va paxta parvarishidagi muhim agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘tkazish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan viloyat ishchi guruhining uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Bugun Uychi tumanidagi “Ergashboy ota” fermer xo‘jaligi dala maydonida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda faxriy oqsoqollar, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari, AKIS vakili, paxta klaster korxonalari, paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdilar.
Uchrashuv davomida viloyat hokimining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari A.Hakimov hamda soha mutaxassislari tomonidan g‘o‘za maydonlarida kultivatsiya, o‘toq va chopiq, yagonalash, chuqur yumshatish, o‘g‘itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.










