OBOD VA KO‘RKAMLIKKA HISSA
2025-04-12 08:50:00 / Yangiliklar
Uychi tumani markazi va yo‘l bo‘ylari obod va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlash maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan turfa gullar o‘tqazilmoqda.
Namangan-Uchqo‘rg‘on, Andijon-Namangan, Chortoq-Jiydakapa avtomagistral yo‘l bo‘ylarida 10 ming tup atirgul, 25 ming tup mavsumiy gul ko‘chatlari o‘tqazilib, ko‘rkamlikka hissa qo‘shildi.










