“Adonis trading textile”
2025-04-11 08:50:00 / Yangiliklar
Uychi tumani Beruniy MFY hududidagi “Adonis trading textile” MCHJ tashkil topganiga olti yil bo‘ldi. Korxonada dastlab noto‘qima matolari ishlab chiqarilgan. Hozirda korxonada 30 dan ortiq ishchi o‘rni yaratilgan. Sun’iy tola ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha to‘liq ishga tushsa, yana 20 dan ortiq ishchi o‘rni yaratiladi. Tuman hokimi Sh. Musayev mazkur korxonada bo‘lib, muammolarini o‘rgandi va mutasaddilar bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha suhbatlashdi.







