Ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda
2026-11-19 11:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz rahbarining 2026 yil 28 oktyabrdagi PF–236-sonli Farmoniga muvofiq, joriy yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda.
Bugun Uyçi tumani hokimi M.Abdullayev, «Nuroniy» jamğarmasi tuman bölimi boşliği T.Ismatillayev hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi G.Hakimova Axsi mahalla fuqarolar yiğinida bölib, xonadonlardagi holat bilan tanişdilar.
Taşrif davomida fuqarolarga 1 million sömlik bir martalik moddiy yordam ajratilgani töğrisidagi maxsus konvertlar tarqatildi. Şuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz uçun kompensatsiyalarni oliş tartibi haqida maʼlumot beruvçi axborot flayerlari yetkazilib, aholiga tegişli tuşuntirişlar berildi.
Mazkur bir martalik moddiy yordam quyidagi toifadagi oilalar va fuqarolarga ajratilmoqda:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga;
Reyestrga kiritilmagan, biroq belgilangan mezonlarga mos keladigan, oilaning örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oşmaydigan hamda «mahalla yettiligi» xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalarga;
Özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar reyestriga kiritilgan fuqarolarga;
Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalarga.
Uşbu çora-tadbirlar ehtiyojmand oilalarning kuz-qiş mavsumidagi xarajatlarini yengillaştiriş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda davlat tomonidan körsatilayotgan yordamning manzilli va samarali yetib borişini taʼminlaşga qaratilgan.









