"RAHBAR VA YOŞLAR" UÇRAŞUVI
2026-11-19 09:50:00 / Yangiliklar

Payşanba - "Yoşlar kuni"
Uyçi tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabida bugungi kunda 1170 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Joriy öquv yilida 11-sinfni 70 nafar öquvçi tamomlaydi. Ularning 7 nafari IELTS xalqaro sertifikatni, 32 nafari milliy sertifikatni qölga kiritgan.
Maktabning 11-sinf öquvçisi Şahzoda Isoqjonova ingliz tili, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega böliş bilan birga, fan olimpiadasining tuman bosqiçida ona tili fanidan birinçi örinni egalladi. Javlonbek Nasimjonov tarix, Abduvohid Abdufattoyev esa huquq fanidan tuman olimpiadasi ğolibi bölişdi.
Sport va ijod sohalarida ham maktab öquvçilari salmoqli natijalarga erişmoqda. Umidjon Ziyovuddinov qöl jangi böyiça respublika miqyosida, Iqbola Normirzayeva esa uşu-karate böyiça Osiyo çempionligini qölga kiritdi. Mubina Ğofurova «Ijod bahori» respublika yoş ijodkorlar tanlovining mutlaq ğolibi böldi.
Ötgan öquv yilida maktabning 85 nafar bitiruvçisidan 54 nafari oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindi. Bu kabi yutuqlar maktabda taʼlim-tarbiya sifatiga, öquvçilarning bilim va iqtidorini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
«Yoşlar kuni» tadbirlari doirasida mazkur maktabda «Rahbar va yoşlar» uçraşuvi taşkil etildi. Unda tuman hokimi iştirok etdi.
Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar, taklif va taşabbuslar bilan murojaat qilişdi. Tuman hokimi ularning fikr va mulohazalarini tinglab, bildirilgan murojaatlar yuzasidan tuşuntirişlar berdi va ularni doimo qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.









