UYÇIDA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KÖRILMOQDA
2026-10-28 14:30:00 / Yangiliklar

Uyçi tumanida kuz-qiş mavsumini betalafot va muvaffaqiyatli ötkaziş, aholiga qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ijtimoiy soha obʼyektlarining barqaror faoliyatini taʼminlaş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, taʼlim va tibbiyot muassasalarining mavsumga tayyorligini taʼminlaş, isitiş tizimlarini soz holatga keltiriş, yoqilği zaxirasini şakllantiriş hamda mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tuman hokimi Muzaffar Abdullayev bugungi kundagi tayyorgarlik işlarini örganiş maqsadida 40-sonli umumtaʼlim maktabi hamda 14-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida böldi.
Örganiş davomida muassasalarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, kömir zaxirasi, qozonxonalarning texnik holati va obodonlaştiriş işlari közdan keçirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi. Mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş, taʼlim muassasalarida issiqlik taʼminoti uzluksizligini taʼminlaş hamda mavjud kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş vazifalari belgilab olindi.









