DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATINI O‘RGANDI
2026-10-28 14:30:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash hamda mahallada ijtimoiy muhitni yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish, aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Kotibiyat mudiri mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring❗️




