OZODALIK JONKUYARLARI
2026-10-07 08:20:00 / Yangiliklar

«Tozalik va ozodalik» — dolzarb ikki oylik
Erta tongdan Uychi tumani ko‘chalarida tozalik va ozodalik hukm suradi. Kuzning xazonrezi barglari yer yuzini qoplagan pallada tuman obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi xodimlari tong sahardan ishga kirishib, ko‘chalar va yo‘llarni tartibga keltirishmoqda.
Ular har kuni chiqindilarni yig‘ib, atrof-muhitni obod va pokiza saqlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Ertalab ishga otlangan hamyurtlarimizga esa mehnatlari, samimiy tabassumlari bilan yaxshi kayfiyat ulashishmoqda.
Aslo charchamang, aziz obodonlashtirish fidoyilari! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli ko‘chalarimiz yanada fayzli, mahallalarimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda.









